Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

To‘y kortejlariga qancha jarima solinishi ma’lum bo‘ldi (FOTO)

To‘y kortejlariga qancha jarima solinishi ma’lum bo‘ldi (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 129-moddasiga asosan motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda bu miqdor 669.000 so‘mni tashkil qiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda bu 1.115.000 so‘mni tashkil qiladi.

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda bu 223.000 so‘mni tashkil qiladi.

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarishi, mazkur transport vositasi haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1285-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda bu 2.230.000 so‘mni tashkil qiladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda bu 4.460.000 so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YH,XB xabar berdi. 

Agarda yaxshi niyat bilan to‘y boshlagan insonlar ortiqcha dabdabavozlik bilan baxt qasrini qurib bo‘lmasligini anglashi zarur. Ayniqsa, ko‘chalarni to‘ldirib, harakatga xalal berayotgan yoshlar baxtni belgilamaydi. Ularni tartibga chaqirish har bir ongli fuqaroning vazifasi. Chunki bu kabi illatlarni faqatgina jazolash bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Kattalar tartibli bo‘lsa kichiklar ibrat oladi. Yo‘llar faqat ezgu maqsadlarga yetkazsin.

Kiritildi: 17:04 07.09.2019. O'qildi: 7906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!