O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatrining aktrisasi To‘ti Yusupova Human.uz axborot portali muxbiri Zarnigor Abduvohidovaga hayot yo‘lidagi qiyinchiliklar, yaqinlaridan birin-ketin judo bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
“Qarshiliklarga qaramasdan turmush o‘rtog‘im bilan hayotning past-balandini birga bosib o‘tdik. Bir-biridan zabardast ikki o‘g‘limni tuproqqa qo‘ydim.To‘ng‘ich o‘g‘lim biznes bilan shug‘ullanardi, ichagiga kuchli infeksiya tushib, 42 yoshida olamdan o‘tdi. Ikkinchi o‘g‘lim o‘pkasidan shamollab, 38 yoshida vafot etdi. Bu olloh bergan sinov! Katta o‘g‘limdan uch nafar qiz, kichigidan ikki nafar o‘g‘il va bir qiz qoldi.”
“Ikkinchi kelinim 30 yoshida beva qoldi. Qo‘lida hunari yo‘q shu yoshda nima ko‘rdi? Turmush o‘rtog‘im bilan mastlahatlashib, kelinimini qayta turmushga berishga qaror qildik. Ziyoli, musulmon oilaparvar inson nasib qilgan ekan nabiralarimga ham otalik qildi. Biroq kelinim ko‘p yashamadi, miya saratoni kasalligidan 34 yoshida vafot etdi. Bunday ko‘rguliklarga chidashning o‘zi bo‘lmaydi. Insonda sabr-matonat kuchli bo‘lishi kerak ekan....”
Batafsil quyida tomosha qiling.