Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Rossiya hujumi bo‘lgan taqdirda Qo‘shma Shtatlarning Varshavaga yordam berishga tayyorligiga shubha bildirdi.
Tusk bu haqda Financial Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Evropa uchun eng katta va eng muhim savol - bu Rossiya hujumi bo‘lgan taqdirda Amerika ishonchli NATO ittifoqchisi bo‘lishga tayyormi yoki yo‘qmi", dedi u, siyosiy va logistik jihatdan tezkor javob berish zarurligini ta’kidlab.
Tusk shuningdek, Yevropa Ittifoqini qit’ani himoya qilishda "haqiqiy ittifoq"ga aylanishga chaqirdi.
"Men qisqa muddat, yillar emas, balki oylar haqida gapiryapman. Biz uchun hamma o‘zining NATO majburiyatlarini Polsha kabi jiddiy qabul qilishini tushunish juda muhim", dedi u.
Polsha Bosh vaziri shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiya ittifoqchisi deb hisoblagan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ketganidan keyin Yevropa Ittifoqi shartnomasining 42.7-moddasini - o‘zaro himoya bandini - qo‘llashni ko‘rib chiqishni taklif qildi.
“Ittifoq shunchaki qog‘oz ittifoqdan ko‘proq bo‘lishi uchun bizga haqiqiy vositalar va imkoniyatlar, jumladan, mudofaa va mamlakatlar o‘rtasida qo‘shinlarni o‘tkazish sohalarida ham kerak. Shuning uchun mening hozirgi asosiy vazifam va missiyam Yevropani qayta integrasiya qilishdir. Bu umumiy mudofaa va sharqiy chegaralarimizni himoya qilish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni anglatadi”, deb xulosa qildi Tusk.