Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

To‘rtta sertifikatlar olish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi belgilandi

To‘rtta sertifikatlar olish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi belgilandi

Hozirda atigi 10 ta tumandagi 3 ming 900 gektar maydonda organik sertifikat mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jahon bozorida organik mahsulotlar narxi an’anaviy mahsulotlardan 2-3 karra qimmat.

Masalan, Nukus tumanidagi tadbirkor 50 gektar yerda organik pomidor yetishtirib, quritib Yevropaga 6 dollardan eksport qilayapti (an’anaviy pomidor 1 dollardan kam). Yoki, Toshkent shahridagi korxona Kattaqo‘rg‘on va Chimqo‘rg‘on suv omborlari atrofidagi 400 gektarda organik mosh, loviya, yeryong‘oq yetishtirayapti.

Mutasaddilarga organik maydonlarni 2025 yilda 10 ming gektarga, kelgusi uch yilda 100 ming gektarga yetkazish topshirildi.

Endilikda organik maydon tashkil qilgan fermer va dehqonlarga yerni lazer bilan tekislash xarajati davlat tomonidan qoplab berilishi, “Organik”, “Global Gap”, “Halol”, "Kosher" kabi sertifikatlarni olish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi, yirik savdo tarmoqlarida organik mahsulotlar uchun alohida rastalar tashkil etilishi belgilandi.

Kiritildi: Bugun 18:42. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!