Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Turoperatorlarga jalb qilingan har bir xorijiy turist uchun 100 dollar subsidiya beriladi

Turoperatorlarga jalb qilingan har bir xorijiy turist uchun 100 dollar subsidiya beriladi

2026 yil 10 iyun kuni Prezidentning «Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–219-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan har yilning iyun–avgust oylarida «Ochiq turizm mavsumi» dasturi e’lon qilinadi va uning doirasida:

• xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga yangi reyslarni tashkil etgan xorijiy va mahalliy aviatashuvchilarga xarajatlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi va har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya to‘lanadi;

• O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlar tomonidan salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har 1 000 nafar xorijiy turist uchun ularga 5 ming AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;

• turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha QQSning 50 foizi keshbek tarzida qaytariladi.

Shuningdek, har biri ijtimoiy tarmoqlarda 5 mln nafardan ortiq kuzatuvchiga ega 50 nafar xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun 7 kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi.

Dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonga sayohat targ‘iboti bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!