Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Formali kiyim-boshlardan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Formali kiyim-boshlardan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi


Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida davlat tuzilmalari xodimlarining formali kiyim-boshidan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan harbiy va idoraviy formali kiyim-boshlarga odamlarni adashtirib yuborish darajada o‘xshash kiyim-boshlarni kiyish yoki ulardan noqonuniy foydalanish qat’iyan taqiqlanyapti.

Bunday huquqbuzarlikni sodir etganlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Unga ko‘ra, formali kiyim-boshning o‘zi musodara qilinadi hamda BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 million so‘mdan 4,1 million so‘mgacha) jarima solinadi.

Kiritildi: 22:40 27.07.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!