Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkmaniston Eron orqali uchinchi davlatlarga gaz yetkazib berishni oshirmoqchi

A A A
Turkmaniston Eron orqali uchinchi davlatlarga gaz yetkazib berishni oshirmoqchi

Turkmaniston o‘z tabiiy gazini uchinchi davlatlarga svop operasiyalari orqali reeksport qilish sohasida Eron bilan hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga tayyor. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Hozirda gaz sohasida Turkmaniston tabiiy gazini uchinchi davlatlarga yetkazib berish imkonini beruvchi svop sxemasi bo‘yicha qo‘shma ishlar olib borilmoqda. Turkmaniston tomoni bunday hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga tayyor”.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston 2022 yil boshidan Eron orqali Ozarbayjonga gaz yetkazib bermoqda. Ushbu sxema milliy gaz resurslaridan uzoqda joylashgan Razaviy, Shimoliy va Janubiy Xuroson, Guliston va Semnan kabi Eron viloyatlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga yordam beradi.

Iroq ham shunga o‘xshash sxemani qo‘llamoqchi, u Eron bilan yiliga 9 milliard kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: 06:53 21.11.2023. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!