Turkmaniston yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan yovvoyi fauna va flora turlari xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ga a’zo bo‘ldi. Bu haqda “Turkmenportal” nashri yozdi.
Ushbu jarayon mamlakat parlamenti tegishli qonun loyihasini joriy yil 13 iyulda ma’qullagandan keyin yakuniga yetdi. Loyihani ko‘rib chiqish chog‘ida so‘zga chiqqanlar ishtirokchi davlatlar sanoat mulkini himoya qilishga doir Yevrosiyo tizimini kengaytirish zarurligini hisobga olib, ushbu protokol ahdlashuvchi davlatlar ichki bozorini rivojlantirishga qaratilganini ta’kidladilar.
CITES – yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi tabiat va o‘simliklar xalqaro savdosini tartibga solish hamda nazorat qilishga qaratilgan xalqaro shartnoma. Konvensiyaga qo‘shilish Turkmanistonning boy tabiiy merosni asrab-avaylash, biologik resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlashga qat’iy intilishidan dalolat.