Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiyaning valyuta zaxiralari ko‘z oldimizda erib bormoqda

Turkiyaning valyuta zaxiralari ko‘z oldimizda erib bormoqda

19 mart kuni muxolifatchi Istanbul hokimi Ekrem Imomog‘li qamoqqa olinganidan buyon Turkiya Markaziy bankining valyuta zaxiralari 41,5 milliard dollarga kamaydi.

Natijada mamlakatning sof valyuta zaxiralari 19,3 milliard dollargacha tushib ketdi.

Ilgariroq Markaziy bank raisi Fotih Qoraxon valyuta bozoridagi uch kunlik aralashuvlar davomida turk lirasini barqarorlashtirish maqsadida 25 milliard dollar sotilganini ma’lum qilgandi. Imomog‘li hibsga olingan kuni lira 11 foizdan ziyodroq qadrsizlandi va Istanbul fond birjasidagi savdolar bir necha marta to‘xtatildi.

Nashrning iqtisodiy tahlilida ta’kidlanishicha, ro‘y berayotgan voqealar hukumatning yil oxirigacha inflyasiyani 24 foizgacha pasaytirish rejalarini barbod qilishi mumkin. Markaziy bankning mart oyidagi so‘rovnomasiga ko‘ra, bozor ishtirokchilarining kutilmalari 30 foiz darajasida.

Turkiyada mart oyida yillik inflyasiya 38,10 foizni tashkil etdi - bu fevral oyidagi ko‘rsatkichdan (39,05 foiz) biroz pastroq.

Kiritildi: 20:34 08.04.2025. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!