Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyaning ta’siri YEI va NATOning mustahkamlanishini kafolatlaydi

Turkiyaning ta’siri YEI va NATOning mustahkamlanishini kafolatlaydi

Rossiya-Ukraina mojarosida Turkiyaning pozisiyasi muhim va strategik ahamiyatga ega. Turkiya ta’sirining kuchayishi Yevropa Ittifoqi va NATO pozisiyalarining mustahkamlanishini kafolatlaydi.

Bu haqda The National Interest nashri yozmoqda.

Maqolada Turkiyaning harbiy qudratini hisobga olgan holda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi: "Turkiya mintaqadagi barcha murakkab masala va to‘qnashuvlarda vositachi bo‘lib yoki savdo diplomatiyasini ta’minlab, chuqur siyosat ko‘rsatmoqda. Dunyoning eng keskin nuqtasi bo‘lgan Yevroosiyoning markazida joylashgan bir davlat sifatida Turkiya mintaqaviy shaxmat o‘yinida katta mahorat ko‘rsatmoqda”.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar avvallari qarama-qarshilik va keskinlik bilan kechgan bo‘lsa-da, endilikda ular sherik bo‘lib qolgan: “Turkiya endi nafaqat Rossiya, ham Ukraina uchun muhim rol o‘ynamoqda, balki jahon sahnasida mustaqil davlat sifatidagi mavqeini saqlab, NATOni mustahkamlamoqda. Turkiya jiddiy o‘yinchiga aylandi. “G‘alla bitimi” kabi muhim shartnomalarning tuzilishi.

Maqolada Anqara Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda ham siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini oshirayotgani ta’kidlanadi.

Kiritildi: 14:12 13.04.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!