Erdo‘gonning parlamentdagi yetakchi ittifoqchisi va turk millatchi MHP partiyasi rahbari Davlat Baxchelining aytishicha, Damashq Quddus yo‘lidagi birinchi bekat.
“Hozir Damashqni nishonga olganlar bilsinlarki, Usmonlilar Tel-Avivda ham, Quddusda ham ularning yuziga shapaloq tortadi. Tarix bizga Quddus oldidagi birinchi bekat Damashq ekanligini ko‘rsatgan. Agar Damashq ozod qilinsa, Quddusning ham ozod etilishi unchalik uzoq emas”.
Turk millatchilari yetakchisi o‘tmishda muqaddas musulmonlar shahrini bosqinchilardan ozod qilgan mashhur islom arboblari, jumladan, ikkinchi solih xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu, salibchilar fathchisi Salohiddin Ayyubiy rohmatulloh, shuningdek, Usmonli sultoni Salim I.
“Xalifa Umar roziyallohu anhu 636-yilda Damashqni, keyin 637-yilda Quddusni egalladilar. Salohiddin Ayyubiy rohmatulloh dastlab 1184-yilda Damashqni, keyin esa 1187-yilda Quddusni oldilar. Sulton Salim I 1516-yilda Damashqni, keyin esa Quddusni oldi.
Jo‘lon tepaliklarida tishlarini qayraganlar Quddusda tishlari sindirilishi vaqt masalasidir. Sionist haromilarga toqatimiz yo‘q, qo‘rquvimiz yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.