Yaman husiylari Tel-Aviv yaqinidagi harbiy ob’ektga raketa hujumi uyushtirdi.
Bu haqda husiylar vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.
"Qurolli kuchlarimiz gipertovushli ballistik raketa bilan Isroil harbiy nishoniga zarba berdi. Operasiya o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishdi", — deya aniqlik kiritdi Sariya.
SAXAL 24 dekabrga o‘tar tunda Yamandan uchirilgan raketa Isroil havo hududiga kirgunga qadar urib tushirilganini ma’lum qildi. Xabar berilishicha, Tel-Avivning 20 ga yaqin aholisi havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilinganidan so‘ng jarohat olgan.