Bayden Putinning “harbiy salohiyatiga so‘nggi zarba” berishga tayyorlanmoqda – The Washington Post.
Nashr manbalari yangi choralar Rossiyaning “soya floti”ga qarshi qaratilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu kemalar Rossiya neftini sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda tashish bilan shug‘ullanmoqda.
Shuningdek, sanksiyalar ilgari cheklovlarga tushmagan Rossiya nefti eksportchilariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya energiya resurslari uchun to‘lovlarni qayta ishlashga imkon beruvchi banklarning lisenziyalarini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu sanksiyalarning joriy etilishi AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasiga Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda Vladimir Putinga ko‘proq bosim o‘tkazish imkonini beradi.