Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Bugun, 24 dekabr kuni imzolangan qaror bilan, 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Shu tariqa:
➖28 dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
➖29 dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
➖30 dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
➖31 dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖1 yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
➖2 yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.