Turkiyaning Aydin shahrida "Fenerbaxche" futbol klubi prezidenti va taniqli tadbirkor Ali Kochga tegishli dala hovlisida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea kechki payt Efeler tumanining Umurlu mahallasida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ali Kochning uzumzoridagi portlashdan so‘ng yong‘in tezda tarqalib ketgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, tez yordam va jandarmeriya yetib keldi. Kuchli shamol tufayli yong‘in katta maydonni qamrab olgan va dala hovlisiga katta zarar yetkazgan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.