Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyaning Jumhuriyat xalq partiyasi praymerizlarida qatnashgan 15 million fuqaroning 13 milliondan ortig‘i Ekrem Imamo‘g‘lu nomzodini qo‘llab-quvvatladi

Turkiyaning Jumhuriyat xalq partiyasi praymerizlarida qatnashgan 15 million fuqaroning 13 milliondan ortig‘i Ekrem Imamo‘g‘lu nomzodini qo‘llab-quvvatladi

Muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) 23 mart kuni hokimiyatdan chetlatilgan va qamoqqa olingan Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘luni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Partiya praymerizlarida jami 15 million fuqaro qatnashdi, bu esa mamlakatda ro‘yxatga olingan saylovchilarning deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan 13,2 million nafari yagona nomzod bo‘lgan Imomo‘g‘luni qo‘llab-quvvatladi.

Jumhuriyat xalq partiyasi raisi O‘zgur O‘zel Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish va Ekrem Imomo‘g‘lu bilan raqobatlashishga chaqirdi.

Bir necha kun oldin Ekrem Imamo‘g‘lu qo‘lga olingan edi, hozirda u hibsda saqlanmoqda. Siyosatchi korrupsiya va mamlakatda taqiqlangan “Kurdiston ishchilar partiyasi”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda. Shuningdek, u Istanbul meri vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatilgan. Muxolifatdagi siyosatchi hibsga olinganidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi, yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Kiritildi: 10:12 24.03.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!