Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron yulduzi BAA yetakchilari bilan tushgan surati sabab terma jamoadan chetlatildi

Eron yulduzi BAA yetakchilari bilan tushgan surati sabab terma jamoadan chetlatildi

Eron terma jamoasi hujumchisi Serdar Azmun ijtimoiy tarmoqlarda BAA yetakchilari bilan tushgan suratini joylashtirgani uchun milliy jamoasi safidan chetlatildi. Bu haqda Football Transfers nashri Fars agentligiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Azmun mazkur suratga quyidagi izohni qoldirgan: «Dunyodagi eng buyuk aql egalaridan biri bilan uchrashuv men uchun katta sharaf va zavq bo‘ldi».

Manbaga ko‘ra, milliy jamoadan chetlatilishdan tashqari, futbolchiga nisbatan huquqiy choralar ham ko‘rilishi mumkin. Bu choralar uning mol-mulki musodara qilinishigacha olib kelishi ehtimoldan holi emas.

31 yoshli Azmun Eron milliy jamoasi safida barcha turnirlarda 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, 57 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

BAA mintaqada AQShning asosiy ittifoqchilaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:03. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!