Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» va «Chelsi» «Barselona»ning tovon puli 500 mln yevro bo‘lgan futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

«Manchester Siti» va «Chelsi» «Barselona»ning tovon puli 500 mln yevro bo‘lgan futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

«Manchester Siti», «Chelsi», «Arsenal» va «Bavariya» klublari «Barselona»ning markaziy himoyachisi Pau Kubarsiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozircha klublar va Kubarsi o‘rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqalar bo‘lmagan, ammo yaqin vaqt ichida bunday muloqotlar yuz berishi mumkin. Ta’kidlanishicha, 19 yoshli himoyachining shartnomasida 500 mln yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Joriy mavsumda Kubarsi barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 09:09. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!