Bugun 20 mart, 2026 yil, juma

КИР

Netanyaxu: "Isroil Eronning energetika ob’ektlariga hujum qilishdan tiyiladi"

Netanyaxu: "Isroil Eronning energetika ob’ektlariga hujum qilishdan tiyiladi"

Isroil Eronning neft va gaz infratuzilmasiga qilingan hujumlarda mustaqil harakat qildi.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi.

"Biz gaz kompleksiga qarshi yolg‘iz harakat qildik. AQSh prezidenti Donald Tramp bizdan keyingi hujumlardan tiyilishni so‘radi va biz aynan shunday qilyapmiz", dedi u. Netanyaxu shuningdek, Eron Amerika va Isroil kemalari uchun to‘sib qo‘ygan Hormuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘llarni aniqlash zarurligini ta’kidladi.

"Bizga Hormuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘llar kerak. Bizga Arabiston yarim oroli orqali g‘arbga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroildagi portlarimizga olib boradigan neft va gaz quvurlari kerak", deb ta’kidladi Isroil bosh vaziri.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!