Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyadan yana bir rekord: Birinchi chorakda 8,8 million sayyoh va 9,5 milliard dollar!

Turkiyadan yana bir rekord: Birinchi chorakda 8,8 million sayyoh va 9,5 milliard dollar!

2025 yilning birinchi choragida Turkiya 8 million 844 ming sayyohni qabul qildi. Turizm sohasidan olingan daromad miqdori esa 9,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich mamlakat tarixida birinchi chorak uchun qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi.

“BMTning Turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya 2024 yilda dunyodagi to‘rtinchi yirik sayyohlik bozoriga aylandi. O‘tgan yildagi maqsadimiz 60 million turist qabul qilish edi, ammo yil yakunlanganda 62,2 millionga yetdik va yangi rekord o‘rnatdik. 2025 yil yakuniga qadar maqsadimiz — 65 million sayyoh qabul qilish va 64 milliard dollarlik daromad olish”, — dedi Ersoy.

Kiritildi: 17:54 06.05.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!