Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Qayd qilinishicha, Bosh konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Polisiya tashkiloti vakillari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazilgan. Unda 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Bosh konsulxona vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga, ehtiyot choralarini ko‘rishga, ayniqsa aeroport, temiryo‘l vokzali, avtoshohbekat, kema stansiyalari, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Shuningdek, Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan o‘tish (registrasiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi polisiya yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalariga xabar berish tavsiya etildi.

Kiritildi: 22:14 24.10.2024. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!