Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Kojaeli provinsiyasidagi turar-joy binosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n kishi jarohat olgan.
Bu haqda viloyat gubernatori Ilhami Oqtosh ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, favqulodda holatga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bizda o‘n kishi jarohat olgan. Shifokorlar va qutqaruvchilar brigadalarining yordami davom etmoqda," - deya gubernatorning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.