Turkiya xavfsizlik kuchlari o‘ta xavfli jinoyatchilarning “qizil toifasi”ga kiritilgan PKK terrorchisini yo‘q qildi.
Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Bervar" kod nomi bilan faoliyat olib borgan PKK terroristi Seyran Chomak Agrida 29 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 16 ta teraktda shaxsan ishtirok etgan", - deydi A. Yerlikaya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi Chomakni alohida qidiruvdagi terrorchilarning “qizil toifasi”ga kiritgan.