Ali Yerliqayaning so‘zlariga ko‘ra, iyul oyidan buyon Turkiyada 80 dan ortiq yong‘in sodir bo‘lgan. Hozirgacha mamlakatning turli hududlarida o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda ayblanib 23 kishi qo‘lga olingan, ularning 4 nafariga sud tomonidan qamoq jazosi belgilangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Bodrum, Marmaris va Manavgat hududlariga yaqinlashgan. Shuningdek, Mug‘la, Mersin, Xatay, Karabuk, Kahramonmarash va Ushoq viloyatlarida ham yong‘inlar qayd etilgan.
Xabar berilishicha, bu hududlarda yong‘inga qarshi kurashishga aviasiya va qo‘shimcha texnikalar jalb etilgan. Alanga Antaliya aeroportiga ham yaqinlashgan. 1765 kishi xavfli hududdan evakuasiya qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlarlari oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan — ulardan 5 nafari o‘rmonchi, 5 nafari qutqaruvchi. Yana 14 kishi shifoxonaga yotqizilgan.