Turkiyada sodir bo‘lgan jiddiy yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘n bir kishi, jumladan, yetti nafar polisiya xodimi jarohat olgan.
Haber Global xabariga ko‘ra, hodisa Konya shahrida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, polisiyachilarni olib ketayotgan avtobus yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam brigadalari va polisiya xodimlari yuborilgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.