Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiyada noqonuniy migrasiyaga qarshi keng ko‘lamli amaliyot: 547 migrant qo‘lga olindi

Turkiyada noqonuniy migrasiyaga qarshi keng ko‘lamli amaliyot: 547 migrant qo‘lga olindi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya noqonuniy migrasiya tashkilotchilari va sheriklariga qarshi navbatdagi keng ko‘lamli operasiya boshlanganini ma’lum qildi.

Turkiyaning butun hududini qamrab olgan amaliyotda polisiya va jandarmeriyadan tashqari qirg‘oq qo‘riqlash kuchlari ham ishtirok etgan.

Vazir ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi: "Portlar, jamoat transporti bekatlari va shaharlararo transport bekatlarida jami 420 269 kishi tekshirildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari buzilishi rejalashtirilgan 4 309 ta binoni tekshirdi".

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan noqonuniy migrasiyani tashkil etish bilan shug‘ullangan 21 nafar shaxs, jumladan, 547 nafar noqonuniy migrantlar qo‘lga olindi.

A.Erlikaya Turkiya huquq-tartibot idoralari o‘z faoliyatida inson huquq va erkinliklarining asosiy tamoyillarini hisobga olishini va bu butun dunyoga o‘rnak ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:30 02.05.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!