Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Turkiyada Namanganlik Sayyora Ergashaliyeva ham vahshiylarcha o‘ldirilganligi tasdiqlandi

Turkiyada Namanganlik Sayyora Ergashaliyeva ham vahshiylarcha o‘ldirilganligi tasdiqlandi

Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Durdona Hakimovaning o‘limi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro — 1994 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Ergashaliyeva Sayyoraning vafot etganligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, S. Ergashaliyeva marhuma D. Hakimovaning yaqin dugonasi bo‘lgan.

Tergov jarayonida gumonlanuvchilar S. Ergashaliyeva yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortganliklari qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 22 yanvar kuni marhumalar hamda gumonlanuvchilar Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan restoranlardan birida birgalikda tushlik qilgan. Uchrashuv davomida S. Ergashaliyeva va G.K. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, mojaro S. Ergashaliyevaning O‘zbekistonga qaytish niyati bilan bog‘liq masalada kelib chiqqan.

23 yanvar kuni T.D. va K.G. o‘zaro til biriktirib S. Ergashaliyevani avval pichoq bilan o‘ldirib, tanani bir necha qismlarga bo‘lib Fotih tumanidagi axlat qutisiga tashlashgan.

24 yanvar kuni qotillar S. Ergashaliyevaning telefonidan D. Hakimovaga SMS xabar yuborib, uni ham chaqirib, S. Ergashaliyeva singari uni pichoq tig‘ib o‘ldirib, tanani bir nechta qismlarga bo‘lib, Shishli tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.

S. Ergashaliyevaning jasadi topilganligi haqida OAVda ma’lumot tarqaldi. Biroq Istanbul sud-tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holatni doimiy nazoratga olgan bo‘lib, Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish bo‘yicha ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ular aybiga iqror bo‘lishgan, hujjatlar sudga taqdim qilingan.

Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilishi bilan jamoatchilik xabardor qilinadi.

Kiritildi: Bugun 11:17. O'qildi: 888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!