Turkiyada masonchilikning tarixi 18-asrdan boshlangan. 1725yilda Usmonli imperiyasining Istambul, Izmir, Aleppo shaharlarida ilk masonlar lojasi tashkil etilgan. Masonchilikni asosan fransuz va britaniyaliklardan iborat bo‘lgan, yevropalik mansabdor va savdogarlar olib kelishgan.
Garchi mahalliy axolining ba’zi mashhur insonlari a’zo bo‘lishiga qaramasdan, 20-asrning boshlarigacha Usmonli imperiyasi xududidagi masonlar lojasining birortasi milliy emas edi. Lojalarning hammasi fransuz va britaniyaliklarga tegishli bo‘lgan.
1909 yilda Istambul shahrida ilk milliy Turk masonchilik lojasi tashkil etilib, maxfiy ravishda faoliyat ko‘rsata boshladi. Birinchi tanlangan Buyuk magistr o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri, keyinroq Buyuk vazir bo‘lgan Mexmet Talat poshsho bo‘lgan.
Turk masonchiligining bolqon ildizi
Ittifoq va taraqqiyot islohotchilik harakati - kelib chiqishi, Salonika shahridan bo‘lgan (xozirda Gresiya xududida) Mexmet Talat poshshoning va ko‘plab boshqa ziyoli va ofiserlardan tashkil topgan masonlardan iborat bo‘lgan. 1908 yildagi harbiy to‘ntarish tufayli sulton Abdul-XamidII xokimiyatdan ketishga majbur bo‘ladi. Mamlakat deyarli Ittifoq va taraqqiyot harakati qo‘liga o‘tadi. Partiyaning uchta ko‘zga ko‘ringan liderlari bolqonlik bo‘lgan masonlar edilar. Xatto xozirda ham masonlarning muhim lavozimlarida kelib chiqishi bolqonlik bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Masonlar uchligining xokimiyatga kelishi natijasida nafaqat Usmonli imperiyasining qulashini tezlashtirdi, shuningdek Rossiya imperiyasiga qarshi urush, hamda grek va armanlarni ommaviy deportasiyasiga ham sabab bo‘ldi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Turkiyaning birinchi prezidenti, Ittifoq va taraqqiyot harakati a’zosi bo‘lgan Mustafo Kamol Otaturk (kelib chiqishi Salonika shahridan) mamlakatni dunyoviy rivojlantirish yo‘lidan borib, masonlarnnig qo‘lloviga erishadi. Otaturkning boshqaruvi vaqtida masonlar ko‘plab davlat pog‘onalarini egallashdi. Jumladan bo‘lg‘usi prezident Mahmud Jalol Bayar, Buyuk milliy parlament spikeri Shukru Qoya, Tashqi ishlar vaziri Tavfiq Roshtu Aras, mudofaa vaziri Ibrohim Refet Bele va boshqa nufuzli siyosatchilar, hamda turk armiyasining generaliteti vakillari ham bo‘lgan.
1966 yilda uzoq muzokalarilardan so‘ng, Turkiya Milliy razvedkasi yordamida turk masonlari ikki guruhga bo‘linishdi. Guruhlarning biri Turkiya liberal masonlarinig buyuk lojasi deb atalib, xorij obligasiyalaridan voz kechadi. Hozirda bu loja to‘rt mingga yaqin Erkin ustalar ni o‘z ichiga olib mamlakat bo‘ylab 43 lojasi bor. Turkiyaning yetti shahrida sakkizta ibodatxonasi bor.
Turkiya liberal masonlarinig buyuk lojasi uch bosqichli yashil masonlardan iborat. 1991yildan ushbu loja tarafidan tashkil etilgan Turkiyada yagona bo‘lgan Turkiya xotin-qizlari Buyuk lojasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Ikkinchi guruh Turkiya masonlarining an’analarini saqlab qolgan Erkin va qabul qilingan masonlarning Buyuk lojasi deb ataladi. Ushbu loja hozirda Turkiyadagi eng ko‘p sonli loja xisoblanadi. Turkiyaning hamma shaharlari bo‘ylab 205ta lojani o‘z ichiga olib, a’zolarining soni 15000 kishini tashkil etadi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida Turkiya prezidenti Mustafo Ismat Inenyu, Gitlerning jaxlini chiqarmaslik uchun rasmiyatchilik yuzasidan mamlakatdagi hamma lojalarni berkitadi. Lekin masonlar mahfiy ravishda faoliyatlarini davom ettiraveradilar. O‘sha paytlarda ularni Buyuk Britaniya, xususan qirol Eduard VI shaxsan o‘zi qo‘llab turgan.
Rasmiy ta’qiqga qaramasdan 1945yilga kelib ko‘plab generallar, jurnalistlar, yuristlar, professorlar va vazirlar mahkamasining ko‘plab a’zolari masonlardan iborat bo‘lgan. 50-60 yillarda turk elitasi tarkibida masonlarning soni yanayam ko‘paydi.
Ularning eng ko‘zga ko‘ringan namoyondasi, shubxasiz bir necha bor bosh vazir lavozimida ishlagan, 1993-2000 yillarda Turkiya prezidenti bo‘lgan Sulaymon Demireldir.
O‘zinig dunyoviylik g‘oyasi sababli turk armiyasining oliy ofiserlari tarkibida masonchilik keng tarqaladi. Shu sababli har galgi harbiy davlat to‘ntarilishidan so‘ng masonlar va Buyuk lojalarning mamlakat siyosiy xayotiga ta’siri yanada ortib borgan.
Buyuk lojalarga qarshi Milliy tamoyil
Turkiyada masonchilikka qarshi eng ko‘zga ko‘ringan shaxs, bu siyosiy islom g‘oyasining asoschisi professor Najmiddin Erbakandir. Uning asosiy g‘oyaviy tayanchi Milliy tamoyil manifesti bo‘lgan.
1980 yilda sodir etilgan harbiy davlat to‘ntarilishdan so‘ng Erbakanga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ta’qiq qo‘yiladi. Lekin oradan yetti yil o‘tib, 1987yilda kelib ta’qiq bekor qilinadi va Erbakan Farovonlik partiyasini tashkil etadi. 1995yili bu partiya parlament saylovlarida g‘olib chiqadi. Bir yildan so‘ng Erbakan, Turkiya tarixida ilk bor islom tarafdori sifatida bosh vazir lavozimini egallaydi.
Erbakan AQShning mamlakatga ta’siriga qarshi o‘laroq, boshqi islom mamlakatlari bilan yaqinlashish siyosatini yuritadi. Shuningdek Erbakan Islom sakkizligi ga xamjamiyatining tashkil etilishi tashabbuskori bo‘lgan.
1997yilda Najmiddin Erbakan harbiylarning bosimi ostida iste’fo berishga majbur bo‘ladi. 1998 yilda esa unga yana siyosat bilan shug‘ullanishga ta’qiq qo‘yiladi. Lekin bu ta’qiq o‘zining shogirdi - Turkiyaning hozirgi prezidenti Rajep Toyib Erdoganning siyosiy tarbiyalashga xalaqit bermaydi.
Gyulennig masonchilik amaliyotlari
2003yilda hokimiyatga kelar ekan, Erdogan mason lojalarini qudratini idrok etgan xolda, o‘zaro manfaatlarni xisobga olib, ular bilan ochiq ixtilofga bormaydi. U ziyraklik bilan ularni chalg‘ituvchi bosqichli maxfiy kurash yo‘liga o‘tadi.
Erdoganning 13 yillik bunday ayyorona siyosati natijasida masonlar Turkiyadagi avvalgi mavqe’larini deyarli boy berishadi. Ularning ko‘pchiligi, xatto ba’zi harbiylar xibsga olinadi.
2016yil iyul oyidagi Turkiyada muvaffaqqiyatsiz tugagan harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng, Erdoganning tozalash amaliyoti, ekpertchilarning fikricha masonlarning maxf etilishining oxirgi bosqichi bo‘ldi. Qolganlari esa yashirin faoyaliyatga o‘tishdi.
Erdoganning sobiq sherigi Fatxulla Gyulen tarafidan tashkil etilgan umummilliy FETO tashkiloti masonchilik uslubini o‘zida aktiv qo‘llab keladi. Hozirda AQShda siyosiy boshpana olgan Fatxulla Gyulen Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarishning bosh tashkilotchisi sifatida ko‘riladi. Hozirda Anqara AQShdan Gyulenning Turkiyaga topshirilishi talab qilmoqda.
FETO ning dinlar aro dialog g‘oyasi va masonlarning umumiy birodarlik prinsipi bir-biridan katta farq qilmaydi. Xabardor manbalarning axborotiga ko‘ra, FETO chilar masonlar bilan maxfiy hamkorlik qilib keladi.
Amalga oshmagan harbiy to‘ntarishdan so‘ng prezident Erdogan va uni qo‘llagan Erbakanning Milliy tamoyil tashkiloti o‘z mavqelarini ancha mustahkamlab oldi.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, xozirda Turkiya siyosiy elitasida nafaqat Gyulenchilarga, balki masonlar va ularga o‘xshash prezident Erdogan g‘oyalariga qarshi bo‘lganlarga ham o‘rin qolmagan.
Manba: brend.uz