Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada mashhur brend cho‘chqa terisi uchun jarimaga tortildi

Turkiyada mashhur brend cho‘chqa terisi uchun jarimaga tortildi

Turkiya Savdo vazirligi mashhur New Balance sport kiyimlari brendini mamlakatda sotilayotgan ayrim poyabzal modellarida cho‘chqa terisi ishlatilgani haqidagi ma’lumotni yashirgani uchun katta miqdordagi jarima bilan jazoladi.

Tekshiruvlar natijasida New Balance’ning Turkiya veb-saytida (com.tr domenida) krossovkalar tavsifida "zamsha", "to‘r" yoki "sun’iy material" kabi umumiy atamalar qo‘llanilgani aniqlandi. Biroq, kompaniyaning xalqaro veb-saytlarida aynan shu mahsulotlar "cho‘chqa zamshasi" deb ko‘rsatilgan ekan.

Vazirlik ta’kidlashicha, qonun brendlardan iste’molchilarning tanloviga ta’sir qilishi yoki ularning diniy e’tiqodlariga daxl qilishi mumkin bo‘lgan materiallarni aniq ko‘rsatishni talab etadi.

Shuningdek, New Balance ilgari ham shunday qoidabuzarliklar uchun ogohlantirish olgani va ma’muriy jazo choralariga tortilgani qayd etildi.

Kiritildi: 20:25 21.04.2025. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!