Turkiyada o‘tgan yili havo ifloslanishi sababli 62 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Temiz Hava Hakkı” platformasi ma’lumot berdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatning eng iflos havoga ega hududlari sifatida Ig‘dir, Erzinjan va Kutahya shaharlari qayd etilgan.
Poytaxt Anqara hamda Istanbulda havo sifati “hassos” darajada deb baholandi — ya’ni xavo me’yordan oshgan, ammo tanqidiy darajaga yetmagan. Mutaxassislar bu holatni faqat aholining sog‘lig‘iga emas, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham katta zarar keltirayotganini ta’kidlamoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Turkiya yiliga 138 milliard dollargacha iqtisodiy yo‘qotish ko‘rmoqda.
Ekologlar fikricha, agar havo ifloslanishi darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya etgan me’yorlarga tushirilsa, har yili kamida 60 ming nafar insonning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lar edi.
Mutahassislar Turkiya hukumatidan havo ifloslanishiga qarshi qat’iy choralar ko‘rish, sanoat chiqindilarini kamaytirish va sog‘lom atrof-muhitni ta’minlash bo‘yicha amaliy qadamlar tashlashni talab qilmoqda.