Turkiyada giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi operasiya davomida 2 tonnadan ortiq giyohvand moddalar musodara qilindi, 894 gumondor qo‘lga olindi va ulardan 424 nafari hibsga olindi.
Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.
Operasiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan so‘nggi 10 kun ichida mamlakatning 71 viloyatida o‘tkazildi. Unda 3300 dan ortiq ofiser, 11 ta samolyot va 43 ta giyohvand moddalar detektori ishtirok etdi.
2 tonna 367 kg 634 gramm giyohvand moddalar va 4 milliondan ortiq psixotrop tabletkalar musodara qilindi.
894 nafar hibsga olinganlardan 424 nafari hibsga olindi, 93 nafariga nisbatan sud nazorati choralari ko‘rildi va qolgan 894 nafari bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.