Britaniyalik jarrohlar Turkiyadagi operasiyada boshidan birikkan bir yoshli qo‘shma egizaklarni muvaffaqiyatli ajratishdi . Bu haqda Sky News xabar berdi .
Jarroh Nur ul Ovase Jilaniy boshchiligidagi britaniyalik shifokorlar guruhi uch oy davomida bir nechta operasiyalarni amalga oshirdi, jumladan, 14 soat davom etgan oxirgi operasiya.
«Opa-singillar tuzalib ketishdi. Bir necha haftadan so‘ng ular Pokistonga qaytishlari mumkin», — dedi Jiloniy.