Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

12 yanvar kuni Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, konsulxonaga 66 yoshli YA.X. 15 yoshli nevarasi YA.A.ni Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyidan O‘zbekistonga olib ketish yuzasidan yordam so‘rab murojaat qilgan. U 2022 yildan buyon turli ma’muriy-huquqiy to‘siqlar sababli nabirasini O‘zbekistonga olib keta olmay, og‘ir sharoitga tushib qolgan, deyiladi xabarda.

2024 yilning sentyabr oyida Turkiya sudi tomonidan X.YA. nabirasini qaramog‘iga olish hamda O‘zbekistonga olib ketish huquqini beruvchi qaror chiqarilgan.

Biroq qaror kuchga kirgunga qadar bola bolalar uyidan qochgani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shuningdek, bolalar uyi ma’muriyatining taqdimnomasiga ko‘ra Adliya organi tomonidan buvisi YA.X.ga nisbatan «nabirasini qochishini tashkillashtirgani» yuzasidan ayb e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, bosh konsulxona, Tashqi migrasiya agentligi vakillari, Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamkorligida yuqoridagi ayblovlarni rad etish hamda YA.A.ni O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Istanbuldagi bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni voyaga yetmagan farzandlarini xorijda nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 17:52 13.01.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!