Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada 62 million dollarlik narkotik moddalar kontrabandasi to‘xtatildi

Turkiyada 62 million dollarlik narkotik moddalar kontrabandasi to‘xtatildi

Turkiya chegarachilari Erondan mamlakat hududiga katta miqdorda giyohvand moddalarni olib kirish urinishining oldini oldi.

“Report” nashri Turkiya Savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 1 noyabr kuni Turkiyaning Ag‘ri viloyatidagi Gurbuloq nazorat-o‘tkazish punktida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida 721 kilogramm suyuq metamfetamin aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, musodara qilingan moddalarning umumiy qiymati 2 milliard 612 million turk lirasi (taxminan 62 million 185 ming dollar) ni tashkil etadi.

Shuningdek, 2025 yil boshidan buyon umumiy qiymati 96 milliard dollarga teng bo‘lgan 30,1 ming kilogramm narkotik moddalar musodara qilingan va yo‘q qilingani qayd etilgan.

Kiritildi: 15:27 02.11.2025. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!