Turkiyaning Eskishehir viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi.
Turkiya OAVlariga tayanib, xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 30 kishi jarohatlangan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 44 kishi bo‘lgan.