Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiyada 15 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Mamlakat parlamenti ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning yoshini tekshirish tizimlarini joriy etish va ota-onalar nazorati vositalarini taqdim etishni majburiy qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, kompaniyalardan zararli deb topilgan kontentlarga tezkorlik bilan chora ko‘rish talab etiladi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Prezident Erdo‘g‘on bolalar xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligini ta’minlash uchun onlayn xatarlarni kamaytirish zarurligini ta’kidlagan. Bunga o‘tgan hafta Turkiya janubidagi Qahramonmarash shahrida 14 yoshli o‘smirning maktabda to‘qqiz nafar o‘quvchi va bir o‘qituvchini o‘ldirib ketgan hodisa sabab bo‘lgan. Hozirda polisiya qotilning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklash choralari birinchi bo‘lib o‘tgan yilning dekabr oyida Avstraliyada joriy etilgan edi. O‘tgan oyda Indoneziya ham xuddi shunday taqiqni amalga oshirishni boshladi. Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham shunga o‘xshash choralarni ko‘rishni ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Ukrainada ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha qonunlar ko‘rib chiqilyapti.

Kiritildi: Bugun 12:52. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!