Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbul meri Ekrem Imomog‘luni qo‘lga oldi

Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbul meri Ekrem Imomog‘luni qo‘lga oldi

Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.

Yaqinda Istanbul universiteti Bosh prokuratura so‘roviga ko‘ra merning diplomini bekor qildi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari Imamog‘lunining uyida tintuv o‘tkazmoqda. Umuman olganda, yuzga yaqin kishiga nisbatan hibsga olish orderlari berilgan.

"Millatimiz irodasini poymol qilishga uringan bir hovuch odamlar mening sevimli polisiyachilarimdan bu yovuzlik uchun vosita sifatida foydalandi. Ular Istanbulning 16 million aholisining uylari oldida yuzlab polisiyachilarni to‘pladi. Biz buyuk zulmga duch keldik, ammo men taslim bo‘lmayman. Men hammangizni juda yaxshi ko‘raman, o‘zimni millatimga ishonib topshiraman. Men bu odamga qarshi kurashni davom ettiraman", — deya ta’kidladi Istanbul meri o‘z murojaatida.

Avvalroq Istanbul universiteti Turkiya Bosh prokuraturasining so‘roviga binoan Imamog‘luning diplomini bekor qilgan edi. Ushbu qaror unga prezidentlikka nomzodini qo‘yishga to‘sqinlik qilmoqda, chunki Turkiya qonunchiligiga ko‘ra faqat oliy ma’lumotga ega fuqarolar saylovda ishtirok eta oladi.

Istanbul meri Ekrem Imamog‘lu Turkiyadagi eng yirik muxolifat partiyasi — Xalq Respublikachilar partiyasi (CHP) tomonidan prezidentlikka yagona nomzod hisoblanadi.

Kiritildi: 10:41 19.03.2025. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!