Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya xalqaro hamjamiyatni Isroilga bosim uyushtirishni kuchaytirishga chaqirmoqda

A A A
Turkiya xalqaro hamjamiyatni Isroilga bosim uyushtirishni kuchaytirishga chaqirmoqda

Turkiya xalqaro hamjamiyat va barcha mas’ul hukumatlardan Isroilga qarshi yanada samaraliroq to‘xtatuvchi choralarni kutmoqda.

Bu haqda Turkiya vise-prezidenti Jevdet Yilmaz TRT Haber telekanali efirida ma’lum qilgan.

"Isroilning qilayotgan ishi nafaqat G‘azo va mintaqa uchun, balki insoniyat va dunyo uchun ham o‘ta xavflidir”, - dedi u.

Bundan tashqari, Yilmaz Isroilning xatti-harakatlari jahon miqyosida adolat tamoyillarini oyoq osti qilishini ta’kidladi.

“Va bu kundan-kunga adolat, xalqaro institutlar va qoidalarga bo‘lgan ishonchni susaytirmoqda”, dedi vise-prezident.

Kiritildi: 08:50 11.09.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!