Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

“Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik har tomonlama mustahkamlanmoqda” - Javdat Yilmaz

A A A
“Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik har tomonlama mustahkamlanmoqda” - Javdat Yilmaz

Turkiya vise-prezidenti Javdat Yilmaz 2024 yil 2-3 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «III Toshkent Xalqaro Investisiya Forumi»da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

1 may kuni Javdat Yilmaz «Turk ish dunyosi uchrashuvi» dasturi doirasida ishbilarmon vakillar bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida mahalliy jurnalistlarga intervyu bergan qardosh davlat vise-prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganligini ta’kidladi.

«Pandemiya davrida butun dunyo qiyinchilikka duch keldi. Ammo Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi har tomonlama, xoh siyosat bo‘lsin, xoh turizm, izchil davom etdi. Ikki davlat o‘rtasida azaliy yaqin tarix, o‘xshash qadriyatlar mavjud», - dedi Javdat Yilmaz.

Turkiya vise-prezidenti bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi. Jurnalistlar bilan suhbatda u O‘zbekiston prezidenti olib borayotgan odil siyosatni alohida e’tirof etdi.

«Bugun dunyoda har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan adolatli rahbarlar, afsuski, ko‘p emas. Shunday vaziyatda Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an o‘rtasidagi adolatli, samimiy munosabatlar, izchil hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Hurmatli prezidentingiz juda xalqparvar inson. Chetdan kelgan har qanday mehmonga O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar yuz berayotgani darrov seziladi. Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki tomonlama muhim masalalarni muhokama qildik, xususan, iqlim o‘zgarishiga e’tibor qaratdik», dedi Yilmaz.

Shuningdek, Javdat Yilmaz O‘zbekiston iqtisod va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashuv tafsilotlariga to‘xtaldi.

«Ikki davlat o‘rtasida oldi-sotdi munosabatlari tobora rivojlanmoqda. Uchrashuvda bu boradagi masalalar, xususan, o‘zaro yuk tashishdagi muammolarni bartaraf etish Bundan ham ko‘p oldi-sotdilarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Yuk tashish va boshqa sohadagi muammolarni hal qilishga ham e’tibor qaratyapmiz», dedi Turkiya vise-prezidenti.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida yashil iqtisodiyot, biznes va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari porloq ekanligi qayd etildi.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratgan Turkiya vise-prezidenti tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni oshib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘payganligi quvonchli holat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u yetakchi kompaniyalar ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investisiya loyihalari amalga oshirilganligini e’tirof etdi.

Kiritildi: 22:31 01.05.2024. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!