Somali, Misr, Turkiya va Jibuti tashqi ishlar vazirlari Isroilning Somalilandni suveren davlat sifatida tan olishini qoraladi.
Misr Tashqi ishlar vazirligi vazirning somali, turk va jibutiyalik hamkasblari o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng shunday bayonot berdi.
"Vazirlar Somalining birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlab, ushbu qarorni qoralab, to‘liq rad etishlarini yana bir bor ta’kidladilar", — deyiladi TIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kecha Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Somaliland mustaqil va suveren davlat sifatida rasman tan olinganini e’lon qilgan edi.