Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Faxreddin Altun PKK terror tashkilotining tarqatib yuborilishi va qurolsizlanishi haqidagi qaroriga izoh berdi.
U o‘zining "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bergan bayonotida bu qaror Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi "Terrorsiz Turkiya" jarayoni mustahkamlanib, muhim bosqichdan o‘tganidan dalolat ekanini ta’kidladi.
Altun, jarayonning qisqa emasligini va bir zumda yakunlanmasligini ta’kidladi.
Altun, "Turk davlati terrordan xoli muhit yaratish, tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik uchun harakat qilishda davom etadi" deb yozdi.