Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Damashqda Suriya hukumati tepasiga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashdi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Damashqda Suriya hukumati tepasiga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashdi

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

"Biz siyosiy guruhlar bilan birlashgan rahbarlik va Mudofaa vazirligini tashkil etish borasida kelishib oldik. Mudofaa vazirligining ahamiyati va qurol faqat davlat nazoratida bo‘lishi kerakligini ta’kidladik. Davlatdan boshqa hech bir guruh qurolga ega bo‘lmasligi kerak. Nazoratiz qurollar davlatning beqarorlashishiga olib keladi", — dedi Ahmad ash-Shaara

O‘z navbatida, Hoqon Fidan Suriyadagi og‘ir va qorong‘u davr ortda qolganini va bundan keyin yaxshi zamonlar kelishini ta’kidladi.

"Suriyadagi barcha etnik va diniy guruhlar birgalikda mamlakat kelajagini belgilashi kerak. Suriyani xavfsiz, erkin va farovon mamlakatga aylantirish faqat Suriya xalqining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli amalga oshishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi Turkiya TIV rahbari.

Kiritildi: Bugun 12:31. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!