Ilon Mask va uning SpaceX kompaniyasi milliy xavfsizlikni himoya qilishga qaratilgan qoidalarga rioya qilish uchun uchta federal tekshiruvga duch kelmoqda. Bu haqda The New York Times nashri kompaniyaning manbalari va ichki hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, tekshiruvlar AQSh harbiy-havo kuchlari, Mudofaa vazirligi bosh inspektori hamda Mudofaa vazirining razvedka va xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari tashabbusi bilan o‘tkazilgan.
«Ilon Mask va uning SpaceX raketa kompaniyasi bir necha bor federal qoidalarga rioya qilmadi... jumladan, xorijiy yetakchilar bilan uchrashuvlarining ayrim tafsilotlarini taqdim etmadi», deb yozadi gazeta manbalarga tayanib.