Rasmiy Anqara Suriya janubidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qilgan.
"Suriya janubidagi vaziyatni barqarorlashtirish juda muhim. Hozirda bu Isroil aralashuvi ko‘rinadigan bizning eng katta xavf zonamizdir", - dedi u.
Fidanning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlar ustidan to‘g‘ri nazorat o‘rnatish juda muhim: "Bu Iroq va Iordaniya xavfsizligi uchun ham muhim. Bunga muloqot, tinchlik va konsensus orqali erishishga chaqiramiz".
Vazir Suriyadagi PYD/YPG terror guruhlari Isroildan dastak olayotganini qo‘shimcha qildi: "Bu har doim shunday bo‘lgan. Mafkuraviy kurash olib borsangiz, siyosat bilan shug‘ullanishingiz kerak. Agar qurol ishlatishda davom esangiz, tegishli javob olasiz".
Fidan, Rossiya-Ukraina urushini tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga ham to‘xtalib, ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik kelishuvining ba’zi bandlari referendum orqali kelishib olinishi mumkinligini ta’kidladi.