Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiya Suriya bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

A A A
Turkiya Suriya bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

Turkiya hukumati Suriyaga yordam ko‘rsatishning muvofiqlashtirish mexanizmini yaratdi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ma’lum qilib, Yevropa Ittifoqining yaqin kunlarda Damashqqa nisbatan kiritilgan sanksiyalarning bir qismini bekor qilishiga umid bildirdi.

"Umid qilamizki, AQShning Suriyaga qarshi sanksiyalari qisman bekor qilinganidan so‘ng, yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqi ham bir qator cheklovlarni olib tashlaydi. Turkiya Suriyaga transport, energetika va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda tezkor yordam ko‘rsatish uchun muvofiqlashtirish mexanizmini ishga tushirdi. Suriyaliklar bizning birodarlarimizdir va, albatta, Suriyaning barqaror va iqtisodiy jihatdan rivojlanishi biz uchun hayotiy ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, Turkiyaning sa’y-harakatlari, xoh mustaqil ravishda, xoh hamkorlar bilan birgalikda bo‘lsin, o‘z natijasini beradi," deya vazirning so‘zlarini TRT Haber telekanali keltirmoqda.

Fidan Suriyada inklyuziv hukumat shakllantirilishi, uning hududiy yaxlitligi va suverenitetining saqlanishi, shuningdek, aksariyati mamlakatning shimolida faoliyat yuritayotgan barcha qurolli tuzilmalarning yagona boshqaruv ostida birlashtirilishi tarafdori ekanligini bildirdi. "Biz hech ikkilanmasdan, Turkiyaga yaqin bo‘lgan taxminan 80 ming kishilik guruhlarga milliy armiyaga qo‘shilishni va mamlakatda hech qanday tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaslikni aytdik," - deya ta’kidladi Turkiya TIV rahbari.

Kiritildi: 22:12 27.01.2025. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!