Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Somaliga qo‘shin yuborishga tayyor

A A A
Turkiya Somaliga qo‘shin yuborishga tayyor

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an parlamentga terrorizmga qarshi kurash doirasida Turkiya qurolli kuchlarini ikki yil muddatga Somali mintaqasida joylashtirish taklifini yubordi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mamlakatlar Turkiyaning Somalida ta’lim, xavfsizlik bo‘yicha maslahat va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha kelishuvga allaqachon kirishgan.

Parlamentga yuborilgan murojaatda Turkiya Aden ko‘rfazi va Somali qirg‘oqlarida qaroqchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, Turkiya Somalining iqtisodiy suvlarida dengizdan neft va gaz qidirishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:11 20.07.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!