Turkiya prezidentining vakili Ibrohim Kalin Turkiya tomoni Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmaganligini ma’lum qildi.
Kalinning so‘zlarida ko‘ra, Rossiya bilan gaplasha oladigan "aktyor" bo‘lishi kerak.
«Hamma ko‘priklarni buzayotganda Rossiya bilan kim gaplashadi? Biz bu kanalni ochiq qoldirish uchun sanksiyalar paketini joriy qilishni rejalashtirmayapmiz», — deya Kalinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN Türk.