Lissabonning "Benfika" klubi qanot himoyachisi Alvaro Karreras joriy transfer oynasida "Real" safini to‘ldirishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Xorxe Pikon ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, Karreras yozda "qirollik klubi"ning so‘nggi xaridi bo‘ladi. Avvalroq "qaymoqranglilar" safini himoyachilar Din Xyoysen va Trent Aleksandr-Arnold, shuningdek, yarim himoyachi Franko Mastantuono to‘ldirgandi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Karrerasning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.