Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiyalar Boshqarmasi Turkiya Respublikasining 100 yilligini butun mamlakat bo‘ylab, ayniqsa Istanbul, Anqara va Izmir shaharlarida maxsus tadbirlar tashkillashtirgan holda nishonlamoqda.

Turkiya Respublikasi tashkil topganidan to 100 yoshiga qadar davom etgan asriy tarix 100 yillik bayramga munosib katta tantanalar bilan birlik va hamjihatlikda o‘tkazilmoqda.

Turkiya Respublikasining 100 yillik yutuqlari turli joylarda tashkil etilgan va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda raqamli ko‘rgazmalar va uch o‘lchovli 3D ko‘rgazmalar bilan nishonlanmoqda.

Anqara, Istanbul va Izmirda Turkiya Respublikasining 100 yilligiga bag‘ishlangan raqamli katta ekranlar o‘rnatildi.

Turkiyaning 100 yil ichida erishgan yutuqlari shaharning turli joylarida tashkil etilgan va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda raqamli ko‘rgazmalar va uch o‘lchovli 3D ko‘rgazmalar orqali tushuntirilmoqda.

Ko‘rgazma maydoniga kirishda ishtirokchilar, Prezident Erdog‘anning «Davlat boshqaruvidagi vazifalarimiz davomida mamlakatimizni shunday tarixiy merosga munosib darajaga yetkazish uchun kurashdik. O‘tmishdan bugungacha qurgan ko‘priklarimiz bilan Turkiyani har sohada dunyoning eng ilg‘or davlatlari qatoriga ko‘tarishga ahd qildik. Ayniqsa, mudofaa sanoatimizni o‘zimizni ta’minlay olish darajasiga yetkazish uchun ko‘p mehnat qildik. Quruqlikda, dengizda, havoda va tez orada kosmosda do‘stlariga ishonch va dushmanlariga qo‘rquv uyg‘otadigan Turkiyani yaratishni maqsad qilganmiz. Muvaffaqiyatimiz bilan turk millatining yuqori texnologiyali tizimlarni ishlab chiqarish va foydalanish qobiliyatini butun dunyoga namoyish qildik» degan so‘zlarini o‘z ichiga olgan «Orzularim bor edi» sarlavhali maqola bilan kutib olinmoqda.

Shu bilan birga, Prezident Erdo‘g‘an bu so‘zlarni o‘z ichiga olgan nutqining bir qismi hududdagi ziyoratchilarga eshittirilmoqda.

Ko‘rgazmadagi raqamli ekranlarda «Tinchlik asri», «Transport asri», «Ta’lim asri», «Ishlab chiqarish asri», «Kuch asri», «Mudofaa asri», «Ilm-fan asri», «Salomatlik asri», «Energetika asri», «Mehr-oqibat asri» va «O‘tmishdan bugunimizga» ko‘rsatuvlari namoyish qilinmoqda.

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Turkiya Respublikasining 100 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Kiritildi: 14:12 27.10.2023. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!