Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Turkiya Qora dengizdagi gaz konlarida "yaxshi yangiliklar"ni e’lon qilishga tayyor

Turkiya Qora dengizdagi gaz konlarida "yaxshi yangiliklar"ni e’lon qilishga tayyor

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar bir oy ichida Qora dengizda olib borilayotgan razvedka ishlari bo‘yicha "yaxshi yangiliklar"ni e’lon qilishi mumkinligini aytdi.

Turkiya 2020 yilda Qora dengizda yirik gaz konini topdi, uning hajmi 540 milliard kub metrga baholangan. O‘shanda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uni mamlakatdagi eng yirigi deb atagandi. Erdo‘g‘an juma kuni Turkiya Qora dengiz shelfidagi Sakarya gaz konida kunlik ishlab chiqarishni 2028 yilga borib 40 million kub metrgacha oshirishni rejalashtirayotganini aytdi.

"Biz neft qazib olishni 41 million barrelga oshirdik. Bu hajmning 58 foizi Diyorbakir konlariga to‘g‘ri keladi. Biz Diyorbakirda yangi geologik qidiruv dasturini boshladik. Biz AQShda hamkorlik qilayotgan kompaniyalar bilan tadqiqotlar o‘tkazishimiz kerak. Qora dengizda uchta kemamiz Sakarya gaz konida qazib olishni ko‘paytirish ustida ishlamoqda. Biz bu oy davomida Qora dengizda yaxshi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishimiz mumkin," - deya vazirning so‘zlarini keltiradi Sabah gazetasi.

Kiritildi: 16:16 03.05.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!